2021 yil II choragi (15-apreldan 15-mayga qadar) uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga Yoshlar masalalariga ta’lluqli bo‘lgan ilmiy muammolarni tadqiq etishga oid quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
QABUL E’LON QILADI
MUSTAQIL IZLANUVCHILIK:
(ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qish uchun)
- 23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar”;
- 08.03.13 – “Menejment”;
- 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya”;
- 22.00.01 – “Sotsiologiya nazariyasi, tarixi va metodologiyasi”
Fan doktori (DSc) va Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:
magistr diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;
belgilangan ilmiy maqolalarga ega bo‘lganlar;
kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvoxnomalari)ga ega bo‘lganlar.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomgp ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofik ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
ariza;
qisqa biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish maqsadida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplom nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
ish joyidan tavsifnoma;
mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish 15 iyungacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatlar 2021 yil 15 apreldan 15 maygacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov Ko‘chasi, 45 uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 232- 61- 31
Elektron manzil: ilmiy@yomi.uz