O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Institutining 2022-2023 o‘quv yili 1-davra 4-oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga talabgor 374 nafar nomzodlar ichidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkazildi.
Mazkur test imtihonlaridan malaka talablariga va belgilangan ballarni to‘plagan jami 78 nafar nomzodlar bilan kirish imtihonining ikkinchi saralash bosqichi – suhbat asosida qabul qilingan 60 nafar tinglovchilar bilan tanishuv jarayoni bo‘lib o‘tdi.