O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada faollashtirish va mazkur yo’nalishdagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida, joriy yilning 15-dekabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim muassasalari fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari uchun o’quv-seminar o’tkazildi.
Mazkur tadbirda ishtirokchilarga Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti mutaxassislari tomonidan bugungi kundagi talaba yoshlarning dolzarb muammolarini yechimiga oid keyslar taqdim etilib, muhokamalar tashkil etildi.
O’quv-seminarda 80 dan ziyod OTMlarning dekan o’rinbosarlarini ishtiroki ta’minlandi.