O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi ham mavjud bo‘lib hozirgi kunda doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilib kelinmoqda.
Qabul jarayonida oxirgi o‘zgarishlarga ko‘ra mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni bir muncha soddalashdi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi
606-sonli qarori muvofiq mustaqil izlanuvchilkka qabul qilish jarayoni yilning har choragida ya’ni 5 mart, 5 iyun, 5 sentyabr va 5 dekabrgacha tashkil etish belgilab qo‘yildi. Shu boisdan Institutda I chorak bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayoni suhbat ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi.

 

19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosligi bo‘yicha talabgor Mirzakarimova Aziza Ne’matjonovna Andijon viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida faol o‘qituvchilaridan hisoblanadi. Qabul Komissiyasi qaroriga ko‘ra mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etildi.

22.00.01 – “Sosiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sosiologik tadqiqotlar metodlari” ixtisosligi bo‘yicha Berdimuratov Marat Yesemuratovich Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali «Buyurtmalar portfelini shakillantirish bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring” bo‘limi boshlig‘i va gumanitar fanlar kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Qabul Komissiyasi qaroriga ko‘ra mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etildi.
“DSc”ga talabgor:


19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosligi bo‘yicha Kosimova Nargizaxon Dilmuratovna (psixologiya fandari nomzodi (PhD)) Andijon viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudirasi lavozimida ishlab kelmoqda. Qabul Komissiyasi qaroriga ko‘ra mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etildi.

Joriy yil shunisi bilan ahamiyatliki, Institut tarixida ilk doktoranturaga (DSc) talabgor qabul qilinganligidir.
Kelgusida barcha mutaqil izlanuvchilarga ilmiy izlanizlashlarida omad tilab qolamiz!

Fikr bildirish