Joriy yilning 21-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2019 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga kirish imtihonlari bo`lib o`tdi. Unda “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” (23.00.02), “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (19.00.05), “Sotsiologiya nazariyasi, uslubiyoti va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari” (22.00.01), “Menejment” (08.00.13) ixtisosliklari bo`yicha falsafa doktorligi (Phd)ga nomzodlar qatnashishdi.