Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2019-2020 oʻquv yilining 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻqish uchun tanlov eʼlon qiladi.
Hujjatlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlarida 2020-yil 10-yanvariga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma;
- Institut direktori nomiga yozilgan ariza;
- Soʻrovnoma, maʼlumotnoma-obyektivka (yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda);
- Oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat va ilovasining nusxasi (topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi);
- Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ish staji 2 yilga toʻlgan boʻlishi lozim);
- 3,5 x 4,5 sm. oʻlchamli 6 ta rangli fotosurat;
- Pasport nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi.
Hujjatlarga nomzodning ish faoliyati davomidagi muayyan yutuqlarini (mukofotlari, ixtiro patentlari va boshqa erishilgan yutuqlarini) aks ettiruvchi hujjatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ikki bosqichli tanlovdan oʻtadilar.
Qabul toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining www.yi.uz saytidan hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlaridan olishingiz mumkin.
Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari (kirill yozuvida) quyidagi fanlar dasturlariga muvofiq tuziladi:
– Huquqshunoslik asoslari
Yuklab olish
– Iqtisodiyot nazariyasi
Yuklab olish
– Oʻzbekiston tarixi
Yuklab olish
Murojaat uchun telefonlar: +99871 232-61-29