Joriy yilning 16-26 noyabrь kunlari Institut tomonidan Namangan shahrida yoshlar siyosatining amalga oshirilishi holati, bunda masʼul davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatining samaradorligi hamda hudud yoshlarining ijtimoiy kayfiyati oʼrganildi.
Xususan, Namangan shahrida maktabdan tashqari taʼlimni tashkil etishdagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi, shuningdek kambagʼal va ishsiz fuqarolarni mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʼqitish doirasida Namangan shahridagi “Monomarkaz”, kasb-hunar markazi, maskanlar hamda kasb-hunar maktablari faoliyati hamda yoshlar orasida deviant xatti-harakatlarni keltirib chiqarayotgan qator muammolar aniqlandi.
Olib borilgan oʼrganish natijalariga asosan tizimli taklif va tavsiyalardan iborat axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlarndi.