Joriy yilning 16-aprel kuni 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursi tinglovchilari uchun Moliyaviy savodxonlik fanidan «Murad Buildings» kompaniyasi asoschisi va rahbari Murod Nazarov bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida Murad Nazarov tomonidan yoshlarni moliyaviy sohaga oid bilimlarini rivojlantirish jamiyat hayotida katta ahamiyatga ega ekanligi sabablari va asoslarini keltirib o’tdilar hamda o’zlarini tajribalari bilan bo’lishdilar. Suhbat davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.