2019 yil 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti to‘rt oylik qayta tayyorlash kursi tinglovchilari “Inson resurslarini boshqarish” fani doirasida “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov bilan “Zamonaviy kadrlar muammosi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Murod Nazarov kompaniyaning hozirda qilinayotgan ishlari, kelajakdagi rajalari haqida aytib o’tdi. Savol-javob tarzida o’tgan uchrashuvda tadbirkor o’z tajribalari bilan o’rtoqlashib, tinglovchilar savollariga javob berdi. Suhbat davomida jamoani shakillantirish, muvaffaqiyat sirlari, vaqtni boshqarish, tadbirkorlik ko’nikmalari haqida to’xtalib o’tildi.