✅Konferensiyada Xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan soha ekspertlari, MDH davlatlari Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari, hamda yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

✅Xalqaro Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib uning dolzarbligi Butun dunyo xalqlarining yoshlarini bugun olayotgan ta’lim-tarbiyasi, hayotda o‘z o‘rinlarini topa olishi, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi, huquq va manfaatlarining himoya qilinishi va faol fuqarolik pozitsiyasini bildira olishi bilan bog‘liqdir.

✅Tadbirda bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar va yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Fikr bildirish