Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining “Strategik kuch” xalqaro-ilmiy jurnaliga 2023-yil 3-soni uchun maqolalar qabuli boshlanganligini e’lon qilamiz.
Jurnalga yoshlarning dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan maqolalar qabul qilinadi. Xususan, davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlaridagi yoshlar faoliyati, istiqbolli yosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim menejmenti, liderlik salohiyatini rivojlantirish va boshqa yoshlar masalasiga oid maqolalar qabul qilinadi.