Joriy yilning 14-fevral sanasida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida falsafa fanlari doktori, professor Abdullajon Begmatov tomonidan institut doktorantlari hamda ilmiy xodimlari uchun «Ilmiy tadqiqot usullari» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Unda ilmiy tadqiqot ishini olib borishda e’tibor qaratish zarur boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, tadqiqot ishi muammosini aniqlash, ilmiy tadqiqot usullarini bilish, ilmiy ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yoʻllari hamda tadqiq etilayotgan muammo doirasidagi atamalar mazmuniga alohida e’tibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida doktorantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ekspert tomonidan javoblar olishdi.
Institut jamoasi va doktorantlari ushbu tadbirdagi mazmunli suhbat uchun fal.f.d., professor Abdullajon Begmatovga oʻz minnatdorligini bildiradi.