Institut tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati bo‘yicha
2022 yil 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan 7-sonli kafedra majlisida Institut tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy rahbar va dissertasiya mavzularining muhokamasi o‘tkazildi. Tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ixtisoslik shifridan kelib chiqqan holda dissertasiya mavzusini o‘tgan bir oy davomida aniqlashtirib, ilmiy rahbarlarining rozilik xati olinganligi holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari hamda tadqiqot usullari yuzasidan taqdimot qilishdi. Muhokama yakunida institut tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ixtisosliklar bo‘yicha dissertasiya mavzulari va ilmiy rahbarlari tasdiqlanib, Ilmiy kengashga taqdim etilishi belgilandi.
2022 yil 21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan 9-sonli kafedra majlisida kafedraning yana ikki mustaqil izlanuvchisining dissertasiya ishining mavzusi va ilmiy rahbarni belgilash masalalari muhokama qilindi. Mustaqil izlanuvchilar S.A.Sadievaning 19.00.05. – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Talabalar kasbiy identifikasiyasining motivasion-qadriyatli omillari” deb nomlangan dissertasiya ishining mavzusi hamda Inoyatova Saidaxon Rustam kizining 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Lichnostnie determinanti formirovaniya upravlencheskix kompetensiy u liderov molodeji” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya asosnomalari tinglandi. Ilmiy tadqiqotchilar o‘zining ilmiy chiqishida doktorlik dissertasiyasi ishining dolzarbligi, ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, ilmiy yangiligi, boblarning qisqacha mazmuni va mohiyati hamda himoyaga olib chiqiladigan holatlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berdi. Tadqiqotchilarning doktorlik ishiga ilmiy rahbar etib psixologiya fanlari doktori, professor K.B.Qodirov belgilandi.
Uquv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha
Kafedra tomonidan 2 ta o‘quv qo‘llanma muhokamasi o‘tkazildi. Jumladan, 2022 yil 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan 7-sonli kafedra majlisida siyosiy fanlari doktori, professor Jalilov Aktam Tashnazarovichning “Jahon siyosati” nomli o‘quv qo‘llanmasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. O‘quv qo‘llanmada jahon siyosiy tizimi tarixiy va qiyosiy nuqtai-nazardan tahlil etilgan. Dastlabki mavzularda jahon siyosati xalqaro munosabatlarning ishtirokchilari, davlatlar, hukumatlararo tashkilotlar, xalaro nohukumat tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar kesimida ko‘rib chiqilgan. Keyingi boblarda esa global darajadagi integratsiyalashuv va globallashuv, jahonning boy va qashshoq mintaqalarga bo‘linishi, jahonda kechayotgan muammolar va ularning ildizlari, shuningdek jahon siyosatining axloqiy mezonlari va uni boshqarish imkoniyatlari tilga olinadi. “Jahon siyosati” nomli o‘quv qo‘llanmaga mas’ul muharrir etib siyosiy fanlari doktori, professor Q.Quranbaev, taqrizchilar etib ss.f.d., prof. D.Sayfullaev va s.f.d., prof. R.Jumaev etib belgilangan. Ushbu o‘quv qo‘llanmaga taqrizchilar tomonidan berilgan ijobiy taqrizlarda o‘quv qo‘llanmadan jahon siyosati va xalqaro munosabatlar yo‘nalishida o‘quv va ilmiy faoliyat olib borayotgan talabalar, mutaxassislar, tadqiqotchilar foydalanish mumkinligi bayon qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
2022 yil 21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan 9-sonli kafedra majlisida siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kafedra dosenti v.b. Isabaev Maqsad Bahodirovich tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi (Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari)” nomli o‘quv qo‘llanma Mazkur qo‘llanma belgilangan o‘quv rejasiga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, yetakchi professor-o‘qituvchilar (s.f.f.d. (PhD), dos. D.Z.Ernazarov va i.f.f.d. (PhD), dos.Z.Ya.Raxmanov) tomonidan taqrizlar berilgan. O‘quv qo‘llanmada Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, korrupsiyaga qarshi kurash, saylov huquqi erkinligi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish institutlari, jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga doir Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim masalalari, fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi islohotlarning mazmun mohiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur o‘quv qo‘llanmada har bir mavzu uchun kerakli nazariy ma’lumotlar, tayanch iboralar, takrorlash uchun savollar va adabiyotlar ro‘yhati keltirilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmaga mas’ul muharrir etib siyosiy fanlari doktori, professor A.T.Jalilov belgilangan. Shuningdek, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti “Boshqaruv ko‘nikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish” kafedrasi mudiri i.f.f.d. (PhD), dos.Z.Ya.Raxmanov hamda Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti dosenti, s.f.f.d. (PhD) D.Z.Ernazarov tomonidan berilgan ijobiy taqrizlarda o‘quv qo‘llanmadan Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining tinglovchilari uchun “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” fanini o‘tishda foydalanish mumkinligi bayon qilingan va nashrga tavsiya etilgan. Majlis yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanmalar Institutning Ilmiy Kengashi muhokamasiga tavsiya etilishini taklif qilindi.