Bugun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 2024-2025 o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur qayta tayyorlash kursi doirasida tinglovchilarga 12 hafta davomida nazariy va amaliy bilimlar berildi. O‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida 2 hafta davomida turli vazirlik, idora, tashkilotlar hamda hokimliklarda malakaviy amaliyot o‘tash imkoniyati yaratildi.
O‘quv jarayonida tinglovchilar ma’muriy islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati, davlat boshqaruvi va huquqiy asoslari, liderlik ko‘nikmalari hamda boshqaruv psixologiyasi kabi muhim yo‘nalishlarda puxta bilim va tajriba orttirdilar.
Ushbu o‘quv kurslari tinglovchilarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab, kelajakda malakali zahira kadrlar sifatida shakllanishlari uchun mustahkam zamin yaratdi!