Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti oʻrganishlariga koʻra bugungi kunda Qozogʻistonning «Yoshlar» ilmiy-tadqiqot markazi, Yoshlar va oila ishlari qoʻmitasi koʻmagida Qozogʻiston yoshlarining rivojlanish indeksini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqmoqda. Hisoblashning sifatli va ob’ektiv parametrlarini olish uchun “JASTAR: ózekti másele” platformasida indeksni hisoblash metodologiyasi loyihasining muhokamasi tashkil etilgan.