Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tayanch doktoranti Inagamova Lola O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi delegasiyasi vakili sifatida, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Gruziya Moliya vazirligi akademiyasi tomonidan 2022 yil 21-25 may kunlari Gruziyaning Batumi shahrida tashkil etilgan “Davlat xizmatining qadriyatlari va etikasi” mavzusidagi trenerlarni o‘qitish dasturida ishtirok etdi.
Treninglarga Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan trenerlar jalb etildi.
O‘quv treninglar quyidagi dastur doirasida o‘tkazildi:
1-kun, “Konstitusiya” trening dasturi bo‘yicha tanishuv;
2-kun, Davlat xizmatida «mijozlar» bilan munosabatlar, Davlat xizmatchilarining kasbiy xulq-atvori standartlari bo‘yicha muzokaralar;
3-kun, “Kulrang hududlar” va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha kichik guruhlarda ishlash.
4-kun, trenerlar uchun muloqot qobiliyatlari mavzusida mashqlar.
#Sci #IR #Yomi #youhstudy #youth