Bugun Namangan davlat pedagogika institutida “GLOBAL MAKONDA TALABALARNING MA’NAVIY, MA’RIFIY VA AXLOQIY DUNYOQARASHI: TAHLILLAR, TAKLIFLAR, TAVSIYALAR” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda talabalar, yosh tadqiqotchilar, pedagog-olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etib, bugungi globallashuv davrida yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi, ularning ijtimoiy faolligi va yetakchilik salohiyatini shakllantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Konferensiyada Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tayanch doktoranti Zafar Arslonov “Oʻzbekistonda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda liderlik koʻnikmalarining oʻrni va ahamiyati” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ma’ruzada Zafar Arslonov bugungi yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirishning dolzarb jihatlari, liderlik ko‘nikmalari orqali jamiyatda faol pozitsiyani shakllantirish mexanizmlari, hamda ushbu sohadagi samarali yondashuvlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.