Bugun, 29 sentyabr kunidan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti Ilmiy bo‘limi doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy faoliyatlari bo‘yicha monitoring olib borishni boshladi. Mazkur monitoring barcha tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilarning tegishli hujjatlarini qaytadan nazoratdan o‘tqazish hamda ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan taqdimot qilib berishni nazarda tutadi.
Bugun ushbu monitoring doirasida o‘zining doktorlik dissertatsiya ishi bo‘yicha taqdimot qilib bergan siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Raʼno To‘ychiyeva yosh tadqiqotchilarga ilmiy ish muhokamalari va himoya jarayoni uchun taqdimotni tayyorlash qoidalari, talablari va usullari xususida kerakli maʼlumot va maslahatlarini berib o‘tdi.
Monitoring joriy yilning 7 oktyabriga qadar olib borilishi rejalashtirilgan.