Joriy yili 18-oktyabr kuni Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Boshqaruv koʻnikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Sadiyeva Sadoqat Alijonovnaning 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosligi boʻyicha “Talabalar kasbiy identifikatsiyaning motivatsion-qadriyatli omillari” mavzusida hamda sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Berdimuratov Marat Yesemuratovichning 22.00.01 –“Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi, va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari” ixtisosligi boʻyicha “Ijtimoiy transformatsiya sharoitida yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvi” mavzusida yozilgan dissertatsiyalarining ilmiy natijalari muhokama qilindi.

Doktorantlarni ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarbligi va ilmiy yangiligi professor oʻqituvchilar tomonidan atroflicha koʻrib chiqilib, yanada takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

Fikr bildirish