O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 336-sonli qarorlariga muvofiq 2025-2026 o‘quv yilining 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga qabul imtihonlari joriy yilning 29-iyul kuni soat 09:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti binosida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Nomzodlar belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat(pasport) bilan kelishlari talab etiladi.

Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ARM binosi, Toshkent shahri, Amir Temur shox ko’chasi, 108-uy.

Mo’ljal: Bodomzor metro bekati.