O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 336-sonli qarorlariga muvofiq 2024-2025 o‘quv yilining 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga qabul imtihonlari joriy yilning 01-mart kuni soat 09:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Nomzodlarni test sinovlariga kechikmasdan kelishi so’raladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, I.Karimov ko‘chasi, 45-uy. Mo‘ljal O‘zbekiston metro bekati, Humo arena muz saroyi.