O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-martda qabul qilingan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha joriy yilning 18 may kuni Uchtepa tumanida joylashgan Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida #5TashabbusUchtepa#Ilovesport xesh-tegi ostida sport aksiyasi o‘tkazildi.
Tadbirning birinchi qismida maktabning 300 nafar o‘quvchisi ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” JTSJK harbiy xizmatchilari M.Yusupov va B.Jalolovlar, O‘zbekiston boks federatsiyasi sportchilari Sh.G‘iyasov va M.Axmadalievlar bilan brifing tashkil qilindi.
Brifingda o‘quvchilar bugungi kunda boksda professional faoliyatini olib borayotgan charmqo‘lqop ustalarining muvafaqqiyatga erishish sirlari, sportchining kun tartibi – taym menejmentga amal qilishi, kunlik mashqlari, ring psixologiyasi, katta sportda adolatsizlik va mag‘lubiyat, inson irodasi hamda taktik haraktlarda aqlning kuchi, 2016 yil Olimpiada, Jahon chempionatidagi uchrashuvlar va “Uzbek tigers” faoliyati haqidagi o‘zini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Shu bilan birga brifing yakunida Institut rahbariyati sportchilarni 5 ta muhim tashabbusni hayotga tadbiq qilishda olib borayotgan jamoatchilik faoliyati va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb qilish hamda O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlab,
sportning yengil atletika turi bo‘yicha maktab musobaqasida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga chempionlarimiz tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.
Tadbirning ikkinchi qismida esa, maktabda “Qo‘l jangi”, “Kik boks”, “Karate”, “Taekvando”, “Kurash” sport to‘garaklariga boradigan o‘quvchilarga “Boks” va “Dzyudo” sektsiyalarida mahorat darslari jahon chempionlari tomonidan olib borildi.
Bundan esa maqsad nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, boks yulduzlari yoshlarda sportning olimpia turlari – boksga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ularda motivatsiya uyg‘otishdan iborat bo‘ldi. Tadbir yakunida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarning ta’surotlari haqida feedback – video reportaj olindi.