“Boshqaruv ko‘nikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish” kafedrasi Institutning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 – yil 30 – iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ—4768-sonli Qarori bilan tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga muvofiq tashkil etilgan.
Kafedra faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlik direktorining buyruqlariga, Institut Ustaviga, Ilmiy kengash qarorlariga, Institut direktorining buyruqlariga va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Kafedraning asosiy maqsadi tinglovchilarga boshqaruv nazariyasi, uning psixologik asoslari, boshqaruv va rahbarlikning o‘ziga xos jihatlari, tashabbuskorlik va shaxsiy yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularda tizimli tahlil, strategik rejalashtirish, mantiqiy fikrlash, strategik qarorlarni qabul qilish, inson kapitalini boshqarish, moliyaviy savodxonlik bo‘yicha chuqur bilim berish hamda mazkur sohada ilmiy izlanishlar olib borishdan iborat.
Shuningdek, kafedrada institutning umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi, davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlarini tayyorlash kurslariga akademik yordam beriladi hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Kafedraning maqsadidan kelib chiqib quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:
- yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali va chuqur kasbiy bilimga ega bo‘lgan raqobatbardosh boshqaruv kadrlarini tayyorlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tavsiya etilgan davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining yosh istiqbolli kadrlari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish;
- tinglovchilarning malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish, tinglovchilar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
- boshqaruv, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
- psixologik va sotsiologik testlar asosida har bir tinglovchining ijtimoiy-psixologik qiyofasini yaratish va bitiruvchilarning taxminiy kasbiy traektoriyasini ishlab chiqish.
Asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda kafedra professor-o‘qituvchilarining funksiyalari quyidagicha belgilanadi:
- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- kafedra yo‘nalishi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib boradi va takomillashtirish;
- darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash;
- kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratadi, shuningdek, xorijiy olimlar bilan hammualliflilikda ishlab chiqilgan adabiyotlarga taqriz va xulosalar beish;
- belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etadi hamda ularning Respublika hamda xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishini ta’minlash;
- Institut yillik kasbiy o‘sish rejasiga muvofiq kafedra xodimlarining ilmiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish hamda xorijiy tillarni mukammal egallashiga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish;
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofaviy ta’lim modelini ishlab chiqish va rivojlantirish.
“Boshqaruv ko‘nikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish” kafedrasida “Yoshlarga oid davlat siyosati”, “O‘zbekiston Respublikasining siyosiy tizimi va davlat boshqaruvining huquqiy asoslari“, “O‘zbekiston va geosiyosiy o‘zgarishlar”, “Davlatning iqtisodiy siyosati”, “Moliyaviy savodxonlik”, “Boshqaruv psixologiyasi”, “Ijtimoiy boshqaruv texnologiyalari”, “Tafakkurni rivojlantirish”, “Liderlik mahoratini rivojlantirish”, “Ommaviy muloqot va notiqlik mahorati”, “Tashkiliy boshqaruv”, “Inson resurslarini boshqarish” va “Loyiha boshqaruvi asoslari” fanlaridan dars mashg’ulotlari olib boriladi.
Kafedra a’zolari:
F.I.Sh. Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich
Lavozimi: kafedra professori
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: falsafa fanlari doktori, professor
Pedagogik staji: 46 yil
E-mail: begmatov_abdulla@mail.ru
F.I.Sh. Jalilov Aktam Tashnazarovich
Lavozimi: kafedra professori
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: siyosiy fanlari doktori, professor
Pedagogik staji: 26 yil
E-mail: a.jalilov@yomi.uz
F.I.Sh. Qodirov Kamoliddin Botirovich
Lavozimi: kafedra professori
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Pedagogik staji: 22 yil
E-mail: kkamol@rambler.ru
F.I.Sh. Mingbayeva Nozimaxon Ismatilla qizi
Lavozimi: Katta o’qituvchi
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Sotsiologiya fanlari nomzodi (PhD)
Pedagogik staji: 2 yil
E-mail: nozima.mingbayeva@gmail.com
F.I.Sh. Shodiev Tohir Ochilovich
Lavozimi: Katta o’qituvchi
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Katta o’qituvchi, magistr
Pedagogik staji: 4 yil
E-mail: shodievt89@gmail.com
Murojaat uchun Tel:(+998 71) 232-61-21 , E-mail: bpl@yomi.uz