Joriy yilning 24-29 fevral kunlar Respublikaning barcha hududlarida Institut tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Ishsiz yoshlarning kasb-hunar va mehnat turlariga hoxishi va qiziqishlarini o‘rganish” mavzusidagi sotsiologik tadqiqot doirasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Tadqiqotning o‘rganish ob’ektlari sifatida Respublikaning yirik Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari hamda davlat va nodavlat sektor ish beruvchilari olinib,
2 mingga yaqin respondentlar qamrab olindi.

Tadqiqotning birlamchi ma’lumotlari tahlil qilinib, Oliy ta’lim muassasalarining tizimida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish, bitiruvchilarni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishida ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Tadqiqot yakunlari OAVda keng yoritilishi nazarda tutilgan.


Fikr bildirish