Joriy yilning 21-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursi tinglovchilari uchun «Biznes boshqaruvi» fani doirasida navbatdagi amaliy dars mashg’uloti tashkil etildi.

Mashg’ulot «Malevich Consulting» markazi rahbari Alisher Rustamov tomonidan olib borildi.

Unda, A.Rustamov tomonidan biznesda muloqot jarayonlari, nizoli jarayonlardan chiqish, dunyoning top kompaniyalaridagi IT, elektronik, logistika, texnologik, savdo va xizmat ko’rsatish, sanoat ishlab chiqarishning biznes boshqaruv modellari to’g’risida ma’lumotlar berildi.

Dars mashg’uloti yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

Fikr bildirish