⚡️O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2024-yil 22-noyabr kuni “Global o‘zgarishlar sharoitida zamonaviy yoshlar: muammolar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.

✅ Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
1. Yangi O‘zbekiston yoshlarini kasbga yo‘naltirish;
2. Yoshlarni oilaga tayyorlashning pedagogik-psixologik masalalari;
3. Zamonaviy yoshlarning huquqiy muammolari;

🔖 Konferensiyaning asosiy tadbirlari Konferensiya yalpi majlis, shuningdek, uchta sho‘ba, xulosa va yopilish marosimidan iborat.

📝 Maqolalar O‘ZBEK, RUS va INGLIZ tillarida qabul qilinadi.

📆 Maqolalar topshirish muddati: 2024-yil 25-sentabrdan 25-oktabrgacha

Axborot xati

🏢 Maqolalar taqdim etiladigan manzil:
📧 E-mail: conference24@yomi.uz
🕊 Telegram: @YouthConference2024
📍 Manzil: Toshkent shahri, I.Karimov koʻchasi, 45-uy

Fikr bildirish