“Strategik kuch” xalqaro-ilmiy jurnalining 2023-yil 1-soni uchun maqolalar qabuli boshlanganligini e’lon qilamiz.
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
Jurnalga yoshlarning dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan maqolalar qabul qilinadi. Xususan, davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlaridagi yoshlar faoliyati, istiqbolli yosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim menejmenti, liderlik salohiyatini rivojlantirish va boshqa yoshlar masalasiga oid maqolalar qabul qilinadi.
Maqolalar ilmiy va amaliy nuqtai nazardan dolzarb, fundamental nazariyalarga asoslangan, ilmiy va amaliy xulosalari mavjud, aniq va ravon bayon etilgan bo‘lishi lozim.
Tahririyatga taqdim etiladigan materiallar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
1. Maqolaning matni Word shaklida tayyorlanishi.
2. Shrift – Cambria, 14 shrift kegeli (hajmi) bo‘lishi.
3. Satrlar orasidagi masofa 1,5 interval bo‘lishi.
4. Maqolaning tuzilishi quyidagicha bo‘lishi kerak: annotatsiya (50 ta so‘zgacha) va kalit so‘zlar (10 tagacha) ¬- o‘zbek, rus, ingliz tillarida; kirish; asosiy qism; xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.
5. Diagramma, rasm va jadvallar rangli bo‘lishi shart.
6. Havolalar OAKning adabiyotlarga qo‘yilgan talablari bo‘yicha berilishi kerak.
7. Maqolaning umumiy hajmi 12 betdan 20 betgacha, A4 formatida beriladi.
8. Plagiat tekshiruv hisobotida maqolaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 15 foizdan yuqori bo‘lmasligi lozim.
9. Maqola nomi, muallif(lar)ning ism-sharifi, ish joyi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) berilishi, telefon raqami, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi kerak.
10.Maqolalar Institutning Uslubiy ta‘minotni muvofiqlashtirish bo‘limiga hamda elektron pochta (strategikkuchjurnal@gmail.com) manzili orqali 2023-yilning 31-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi. Telefon raqam: 71 232 61 31.
11.Tahririyatga taqdim etilgan maqolalarning chop etilishi yoki chop etilmasligi haqidagi qarorni Tahrir hay’ati qabul qiladi.