Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining “Xitoydagi ijtimoiy vaziyat to’g’risida” yil yakuni bo’yicha taqdim etilgan hisobot xitoylik yoshlarga tegishli vaziyatni ham o’z ichiga olgan.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda Xitoyda 87,5 foiz yoshlar har oy o’rtacha 8 ming yuan topsa, yoshlarning 1/3 qismi 4 – 6 ming yuan atrofida oylik maoshga ega.
Yoshlar bandligining asosiy yo’nalishlari – blogerlik faoliyati, buyurtmalarni bajarish, kurerlik va raqamli iqtisodiyotning boshqa onlayn xizmatlari hisoblanadi.
Hisobotga ko’ra, eng tig’iz ish jadvali kurerlik faoliyatiga to’g’ri kelib, haftasiga 6 kun, kuniga 10 soatni tashkil etadi. Shuningdek, eng qisqa ish vaqti kibersport sohasida qayd etilib, haftasiga 4-5 kun, kuniga 6,5 soatdan iborat.