O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Yaponiyaning Nagoya universiteti bilan hamkorlikda joriy yilning 20 dekabrida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari” ga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirda mavzuga qiziqish bildirgan barcha yosh tadqiqotchi-olimlar, professor o’qituvchilar, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiya O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi anjumanlar zalida o’tkaziladi (2021 yil 20 dekabr, soat 10:00).