28 avgust kuni institut xodimlari Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) O’zbekistondagi loyihalari koordinatori idorasiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida YXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

Uchrashuv yakunlari bo’yicha tashkilot va institut o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi memorandumni ishlab chiqish va kelgusida imzolash to’g’risida kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, tomonlar YXHTning 2020 yilga mo’ljallangan loyihalarini birgalikda rejalashtirish va keyinchalik amalga oshirish to’g’risida kelishib oldilar.

Fikr bildirish