Joriy yilning 6 avgust kuni Germaniya xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha (GIZ) hamda Enpact e.V. kompaniasi vakillari bilan tanishuv uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Institut tomonidan direktor o’rinbosari A.Yunusov, Ilmiy bo’lim boshlig’i E.Yuldashev, Strategik boshqaruv kafedrasi katta o’qituvchisi A.Qaxxorov va T.Abdullayeva, institut bosh ilmiy xodimi L.Nasimxonovlarishtirok etdilar.


Uchrashuv davomida tomonlar O’zbekistonda yoshlarda tadbirkorlik ko’nikmalarini o’rganish hamda kengaytirish, startup-ekotizimlarini rivojlantirish bo’yicha muvaffaqqiyatli namunalar va loyihalar bilan o’rtoqlashib, muhokama qilindi.



Bugungi kunda boshlanganiga uncha ko’p bo’lmagan, rivojlanish davrida turgan yosh kompaniyalar startup deb yuritiladi. Startup-loyihalar asosan, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, oldingi yechimlarga o’xshash bo’lmagan innovatsion g’oyalar negizida yotadi.

Fikr bildirish