Sir emaski, mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy jihat bu uning iqtisodiy qudratidir. Shundan kelib chiqib har bir fuqaroning ayniqsa, yoshlarimizning yurtimizda bu borada olib borilayotgan iqtisodiyot yo’nalishidagi siyosatini bilishi, pul-kredit siyosatidan xabardorlik darajasini oshirish lozim hisoblanadi.

Shu sababli joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Pul–kredit siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Eldorbek Zakirov bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida tinglovchilarga iqtisodiyotni pul-kredit siyosati orqali tartibga solish inflyatsion targetlash rejimi bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi, tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Fikr bildirish