Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaro O.S. ichki ishlar organlariga shikoyat bilan murojaat qilib, tumanning Bog‘yop kanal yoqasida uning hamyoni va ichida bo‘lgan 2 100 dollar hamda 3,5 mln so‘m pullari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganini aytgan. Surishtiruv jarayonida jabrlanuvchining ko‘rsatmalari va tezkor-tergov tadbirlari jarayonida olingan ma’lumotlarda jiddiy tafovutlar mavjudligi sababli fuqaro O.S. ning hayot tarzi o‘rganilib, uni o‘g‘irlik haqida yolg‘on ko‘rsatmalar bergani aniqlangan. Ma’lum boʻlishicha u pullarini bukmekerlik kontorasida yutqazgan.