O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi joriy yilning 22-26 may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlarining “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostida anjumani tashkil qilindi.

Institutning “Staretik boshqaruv” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Safarova anjuman doirasida tashkil etilgan ko‘rik tanlovlarda ekspertlik qilish va 350 nafar iqtidorli o‘quvchilarni qamrab olgan 15 ta guruhning trenerlari murabbiyi sifatida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Uch kundan buyon davom etayotgan anjuman doirasida sardorlar uchun turli interfaol seminar-treninglar, sport musobaqalari, qiziqarli o‘yinlar, uchrashuvlar, mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. 25-may kuni erta tongdan oromgoh bu yil maktabni tamomlayotgan o‘quvchilar bilan to‘ldi. Mamlakat bo‘ylab 350 nafar eng faol o‘quvchilar anjumanda ishtirok etayotgani bois shu erning o‘zida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri tashkil etildi.

— Har yili sog‘inib kutadigan anjuman so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlariga to‘g‘ri kelgani bois bu tadbirda ishtirok eta olmayotganimdan biroz xafa bo‘lgandim, — deydi samarqandlik maktab bitiruvchi Hilola Rasulova. — Sevimli tashkilotimizning jonkuyar xodimlari bizga bu imkoniyatni ham taqdim etishdi. “Yoshlar oromgohi”da so‘nggi qo‘ng‘iroqni o‘ziga xos tarzda o‘tkazdik.

















Fikr bildirish