O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 336-sonli qarorlariga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yilining 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga qabul imtihonlari joriy yilning 22-dekabr kuni soat 09:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Qabul qilingan nomzodlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari haqida ma’lumotlarni yomi.uz rasmiy saytimiz orqali olishingiz mumkin. Nomzodlar belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishlari talab etiladi. Test sinovlarini o‘tkazish talablariga ko‘ra, nomzodlar test sinovlariga kechikmasdan o‘z vaqtida ishtirok etishlari so’raladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Toshkent shahri, I.Karimov ko‘chasi 45-uy. Mo‘ljal: O‘zbekiston metro bekati, Humo arena sport majmuasi.

Fikr bildirish