Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2025-yil 08-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar oliy ma’lumotli, 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari hamda oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardan xabardor, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida chuqur bilimli, mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik, ishbilarmonlik qobiliyati va jamoa bilan ishlash tajribasi mavjud davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari yoki xodimlari bo‘lishlari lozim.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma (Institutga o‘qishga tavsiya etishda nomzodlarning o‘ziga va ularning hujjatlariga nisbatan qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etish, hujjatlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligi bo‘yicha mas’uliyat tavsiya etayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.);
  2. Institut direktori nomiga yozilgan ariza;
  3. So‘rovnoma, ma’lumotnoma-obyektivka (yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda);
  4. Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat va ilovasining nusxasi (topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
  5. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ish staji kamida
    2 yil bo‘lishi lozim
    );
  6. 3,5 x 4,5 sm. o‘lchamli 6 ta rangli fotosurat;
  7. Pasport nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi.

Nomzodlarning hujjatlari (belgilangan barcha hujjatlarni o‘z ichiga olgan yig‘majild) O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarida 2025-yil 08-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ikki bosqichli tanlovdan o‘tadilar.
Qabul to‘g‘risida batafsil ma’lumotni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining www.yomi.uz sayti, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining www.yoshlar.gov.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan (telegram – https://t.me/yoshlaragentligi)dan hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlaridan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar +998 71 232-61-31.

Fikr bildirish