O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik asoslari fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari 2021 yilning 12-fevral kuni hududlar kesimida bo’lib o’tishi belgilandi.

Nomzodlar (ro‘yxat ilova qilinadi) 13:30da ko‘rsatilgan manzil bo’yicha shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishlari talab etiladi.

Eslatma: Test sinovlari boshlangunga qadar barcha nomzodlar auditoriyada bo‘lishlari zarur. Belgilangan vaqtda yetib kelmagan nomzodlar test sinovlariga kiritilmaydi.

HUDUDLAR BO’YICHA TAQSIMOT

I. Andijon viloyati, Namangan viloyati va Farg’ona viloyatidan O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari va tuman(shahar) bo’limlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun test sinovlari Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tadi.

Manzil: Farg‘ona davlat universiteti (xaritadan ko’rish), Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy.

Mo‘ljal: Ahmad Al-Farg‘oniy nomli oromgoh.

–Nomzodlar ro’yhatini (Andijon viloyati, Namangan viloyati va Farg’ona viloyati) quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:

Yuklab olishYuklab olish

II. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Buxoro viloyatidan O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari va tuman(shahar) bo’limlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun test sinovlari Urganch davlat universitetida bo’lib o’tadi.

Manzil: Urganch davlat universiteti (xaritadan ko’rish), Urganch shahri, Xamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy.

Mo‘ljal: Darital savdo majmuasi.

–Nomzodlar ro’yhatini (Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Buxoro viloyati) quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:

Yuklab olishYuklab olish

III. Surxondaryo viloyati, Qashqadaryo viloyati, Navoiy viloyati, Jizzax viloyati hamda Samarqand viloyatidan O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari va tuman(shahar) bo’limlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun test sinovlari Samarqand davlat universitetida bo’lib o’tadi.

Manzil: Samarqand davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti (xaritadan ko’rish), Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 15-uy.

Mo‘ljal: Universitet hiyoboni.

–Nomzodlar ro’yhatini (Surxondaryo viloyati, Qashqadaryo viloyati, Navoiy viloyati, Jizzax viloyati hamda Samarqand viloyati) quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:

Yuklab olishYuklab olish

IV. Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Toshkent shahri hamda vazirlik idora va tashkilotlardan O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari va tuman(shahar) bo’limlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun test sinovlari Davlat test markazida bo’lib o’tadi.

Manzil: Davlat test markazi (xaritadan ko’rish), Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.

Mo‘ljal: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Bodomzor metro bekati.

–Nomzodlar ro’yhatini (Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Toshkent shahri hamda vazirlik idora va tashkilot) quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:

Yuklab olishYuklab olish

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: 71 232-61-31