O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 sentyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan, 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ta’lim muassasalari xodimlari va tinglovchilari o‘rtasida ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish, yosh rahbar kadrlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarning jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviy psixoterapiya, jamoani shakllantirish hamda harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbilash maqsadida joriy yilning 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” JTSJKda “Sport fleshmobi” o‘tkazildi. Fleshmob doirasida institut barcha professor-o‘qituvchi, xodim hamda tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” JTSJKning faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
“Sport fleshmobi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir doirasida “Dzyudo” va “Boks” sektsiyalarida olib borilgan faoliyat “Maxsus jismoniy tayyorgarlik markazi” rahbari M.Yusupov tomonidan koordinatsiya qilib borildi. Sektsiyalarda Milliy gvardiya safida xizmat qilayotgan iqtidorli sportchilarimiz uch karra Olimpiada sovrindori, ikki karra JCh – R.Sobirov, ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi, uch karra JCh sovrindori – E.Rasulov, Olimpiada o‘yinlar g‘olibi – X.Do‘stmatov hamda mehmonlar Olimpiada o‘yinlari sovrindori, JCh g‘olibi – Sh.G‘iyasov, Olimpiada o‘yinlari sovrindori – M.Axmadaliev, JCh sovrindori – B.Jalolovlar tomonidan master-klasslar olib borildi. Shuningdek, tadbir doirasida tinglovchilar sportchilarimizning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, raqib psixologiyasi, sportchi motivatsiyasi, ringda tanlanadigan taktik manyovrlar va O‘zbekiston Boks maktabi umum strategiyasi, dzyudo maktabining istiqboli hamda bugungi kunda sportchilar o‘rtasida mavjud muammolar tabiati haqida bo‘lib o‘tgan davra suhbati davomida bilib olishdi.
Tadbir yakunida sportchilarga jahon adabiyotining “Черчилль: Жизнь в иллюстрациях” nomli asari esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi.