Kafedrada institutning umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, bir yoki bir necha turdosh fanlar bo’yicha o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi, shuningdek, davlat hokimiyati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlarini tayyorlash kurslariga akademik yordam beriladi hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa tarbiyaviy ishlar olib boriladi.

Kafedraning maqsadi: davlat hokimiyati organlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi tashkilotlari, jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlarini tashkilot faoliyatini strategik rejalashtirish va boshqarish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va boshqarish, shuningdek davlatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga faol ishtirok etish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Kafedraning asosiy vazifalari:

  • yosh rahbar kadrlarni mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar jarayoni bilan tanishtirish, Harakatlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlarini tahlil qilish, shuningdek istiqbolga mo’ljallangan strategik yo’nalishlar bilan tanishtirish va ularning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish;
  • yoshlarni jamiyatimizning faol qatlamiga aylantirish hamda bugungi kunda yoshlar hayotida uchrab turadigan muammolarni aniqlash va ularning yechimlari bo’yicha doimiy ravishda ilmiy izlanishlarni olib borish;
  • istiqbolli yosh kadrlarini tashkilotni strategik boshqaruvi, boshqaruv faoliyatini tahlili, tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish yo’nalishlarida bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish.

Kafedra faoliyatida quyidagi ishlar muhim o’rin tutadi:

–      ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar, joylarda nazariy va amaliy bilim va tajriba ortirishlarni tashkil etish, mashg’ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish;

–      malakaviy amaliyotiga va kurs ishlariga rahbarlik qilish;

–      professor-o’qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan chiqish;

–      darslik, o’quv qo’llanma, uslubiy va metodik ko’rsatmalarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o’tkazish;

–      tinglovchilar bilan yoshlar muammolariga oid tadqiqotlar olib borish va doimiy hamorlikni yo’lga quyish.

Istiqbolli kadrlarni tayyorlashga yo’naltirilgan barcha o’quv mashg’ulotlari ma’ruza, seminar, bahs-treninglar, interfaol mashg’ulotlar, joylarda nazariy va amaliy bilim va tajriba orttirish shakllarda amalga oshiriladi:

Kafedrada olib boriladigan o’quv kurslari:

–      O’zbekiston Respublikasining Harakatlar   Strategiyasi;

–      Davlatning iqtisodiy siyosati;

–      O’zbek davlatchilik tarixi va strategik tariqqiyot;

–      Strategik boshqaruv;

–      Loyiha boshqaruvi asoslari;

–      Innovatsion menejment;

–      HR menejment (inson resurslarini boshqarish).

O’zbekiston Respublikasining Harakatlar Strategiyasi fanini o’qitishdan maqsad: tinglovchilarimizni Xarakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar jarayoni bilan tanishtirish. Fanning vazifasi esa: davlatchilikda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy soha, xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash bilan bog’liq bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.

Ma’ruzalar siyosiy fanlar doktori, professor A. Jalilov, iqtisod fanlari doktori, professor SH.Toshmatov, PhD I.Mamatkulov va seminar mashg’ulotlari katta o’qituvchi M.Safarovalar tomonidan olib boriladi.

Davlatning iqtisodiy siyosati fanini o’qitishdan maqsad: globallashuv jarayonida rivojlangan mamlakatlar tanlagan turli iqtisodiy modellarni maqsad va vazifalarini  o’rgatish, 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarini tahlil qilish ko’zda tutilgan va mazkur yo’nalishdagi rivojlangan davlatlar ilg’or tajribalari qamrab olingan. Fanning vazifasi: O’zbekistonda amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tinglovchilarda tizimli hamda tahliliy fikrlashni rivojlantirish.

Ma’ruzalar iqtisod fanlari doktori, professor SH.Toshmatov, PhD I. Mamatkulov va katta o’qituvchilar A. Qaxxorov, T. Hasanov tomonidan olib boriladi.

O’zbek davlatchilik tarixi va strategik tariqqiyot fanini o’qitishdan maqsadO’zbekiston tarixining qiziqarli va murakkab jarayonlarida davlatchilik tariqqiyotining o’rni va ahamiyati beqiyos bo’lganligi, uning taraqiyotida mavjud bo’lgan ko’plab bosqichlar, tamoyillar, yo’nalishlar, qonuniyatlarning o’ziga xos ekanligi to’g’risida tinglovchilarga chuqur bilimlar berish. Fanning vazifasi: turli tarixiy davrlarda o’zbek davlatchiligining rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillarning ta’sirini ochib berish, davlatchilik taraqqiyoti va xalqaro munosabatlar o’rtasidagi bog’liqlik tomonlarini atroflicha tahlil qilish.

Ma’ruzalar tarix fanlari doktori O’.Mavlonov va katta o’qituvchi A.Zamonov va M. Safarovalar  tomonidan olib boriladi. 

Strategik boshqaruv fanini o’qitishdan maqsad: Yosh rahbar kadrlar faoliyatida tashkilotning strategik boshqaruvi, strategik rejalashtirish, boshqaruv faoliyatini tahlil qilish, shuningdek tashkilotda inson resurslarini samarali boshqarish bo’yicha bilim va malakalarini shakllantirish. Fanning vazifalari: tinglovchilarning strategik tasavvurini shakllantirish, tashkilotning asosiy missiyasi va maqsadlarni aniqlash, qo’yilgan maqsadlarga erishish strategiyasini yaratish, ularni sifatli va samarali tadbiq etish, natijalarini baholash, yangi an’analarni aniqlash va uzoq muddatli rivojlanishga nisbatan mos keluvchi ishlanmalar yaratish.

Ma’ruzalar PhD, dotsent I.Mamatkulov, PhD, dotsent A.Karimov, katta o’qituvchi T. Xasanov,  A. Qaxxorov, M.Qurbonovlar tomonlaridan olib boriladi.

Loyiha boshqaruvi asoslari fanini o’qitishdan maqsad: tinglovchilarda moliyaviy qo’yilmalarning maqbul yo’nalishlarini tanlash, ularning samaradorligini aniqlash va ta’minlashda muhim ahamiyat egallovchi investitsiya loyihalarini boshqarishni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari, zamonaviy usullaridan foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakani shakillantirishdan iborat. Fanning vazifalari: loyihalarni boshqarish asoslari va kontseptsiyalarini, investitsiya strategiyasini ishlab chiqish va tashkil etish, biznes-reja va uning tarkibiy tuzilishini hamda investitsiya loyihalarining marketingini o’rgatishdan iborat.

Ma’ruzalar iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent I.Mamatkulov va katta o’qituvchi A.Qaxxorov va T. Hasanovlar tomonidan olib boriladi. 

Innovatsion menejment fanini o’qitishdan maqsad: yosh rahbar kadrlar faoliyatida yangiliklar, innovatsion faoliyatni tashkil qilish va ixtirolarni boshqarish, innovatsion strategiyalarni tanlash, shuningdek tashkilotlarning mexnat jamoasida o’z-o’zini boshqarishdagi innovatsion munosabatlar va innovatsion iqlimni boshqarish bo’yicha bilim va malakalarni shakllantirish. Fanning vazifasi: tinglovchilarni boshqarishda innovatsion tasavvurni shakllantirish, ya’ni: innovatsion faoliyatni tashkil qilish va boshqarish bo’yicha innovatsion strategiyalarni tanlash va amalga oshirish, innovatsion salohiyatni baholash va rivojlantirish, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va tahlil qilish, ularni tanlash va samaradorligini baholash, tashkilotda ixtirochi va ijodiy mehnat jamoasini shakllantirish va istiqbolli kadrlarni tanlash bilan bog’liq nazariyalar va amaliy ilg’or tajribalar bilan tanishtirish.

Ma’ruzalar katta o’qituvchi A.Qaxxorov, T.Hasanov va M. Qurbonovlar tomonlaridan olib boriladi.

HR menejment (inson resurslarini boshqarish) fanining maqsadi yosh kadrlarda tashkilotda inson resurslarini shakllantirish va boshqarish, ularga investitsiya qilish orqali rivojlantirish bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu fan tinglovchilarda quyidagi bilimlarni shakllantirishga yo’naltirilgan:

  • inson resurslarini boshqarishning maqsadi, ob’ekti hamda ijtimoiy sohalardan inson resurslarini samarali shakllantirish va boshqarishning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo’lish;
  • inson resurslarini boshqarish bo’yicha bilim, qobiliyat va ko’nikmalarga ega bo’lish;
  • inson resurslari jamg’arilishini muvofiqlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot qilish qobiliyatiga ega bo’lish.

    Ma’ruzalar iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent I.Mamatkulov, katta o’qituvchilar A. Qaxxorov, T. Hasanov va M. Qurbonovlar tomonlaridan olib boriladi.

Kafedrada o’qitiladigan fan sohalari bo’yicha tinglovchilarning o’quv faoliyati va ilmiy izlanishlarida yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlash maqsadida ularga har tomonlama yordam beriladi va tinglovchilar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish, tinglovchilarning malakaviy amaliyotini tashkil etish, tinglovchilarning bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish bo’yicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladi.

Kafedra a’zolari:


 

kafedra professori, iqtisod fanlari doktori – Toshmatov Shuxrat Amonovich

E-mail: sh.toshmatov@dba.uz

 

–      Karimov Farxod Po’latovich – kafedra dotsenti, iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ;


 

kafedra dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi – Islamqulov Alimnazar Xudjamurodovich

E-mail: a.islamkulov@dba.uz

 


 

kafedra katta o’qituvchisi- Qaxxorov Avaz Jamolovich

E-mail: avaz_qaxxorov@mail.ru

 


 

kafedra katta o’qituvchisi- Safarova Marxabo Xalimovna

E-mail: m.safarova@inbox.ru

 

–      Hasanov Tohir Abdurashidovich – kafedra katta o’qituvchisi;
E-mail: tohirh@yahoo.fr

–      Qurbonov Mahmudjon – kafedra katta o’qituvchisi.

 
Murojaat uchun Tel:(+998 71) 232-61-23 , E-mail: strategy@yomi.uz