O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 4 oylik qayta tayyorlash kurslarida o’qish uchun tanlov asosida qabul qilinadi.
Talablar:
— oliy ma’lumotga ega bo’lish;
— 30 yoshdan oshmagan;
— kamida ikki yillik ish stajiga ega;
— O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardan xabardor, yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida chuqur bilimga ega;
– O’zbekiston yoshlar ittifoqining maqsadi va vazifalaridan xabardor, mazkur tashkilot tizimida ish tajribasiga ega;
— mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik qobiliyati va jamoa bilan ishlash tajribasiga ega bo’lish lozim.
Hujjatlar O’zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlarida qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat.
I – bosqich : Yozma imtihon
II – bosqich: Suhbat (yetakchilik qobiliyati va dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan)
Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar:
- Ariza
- Ish joyidan tavsiyanoma (rahbar imzosi bilan)
- Diplom nusxasi ilovasi bilan (asli ko’rsatilishi shart)
- Belgilangan shakldagi ma’lumotnoma (ob’ektivka)
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi
- 3,5*4,5 hajmdagi fotosurat (4 dona)
- №086-U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma
- Pasport nusxasi (asli ko’rsatilishi shart)