Rossiyada «Молодежный совет» (Yoshlar kengashlari), «Молодежный лидер» (Yoshlar yetakchisi) kabi faoliyat va lavozimlar mavjud bo‘lib, ular ko‘pincha mahalliy jamoalarda yoshlar bilan ishlashga mas’ul etib belgilangan.
AQShda yoshlar yetakchiligiga oid tashkilotlar asosan nodavlat tashkilotlar va mahalliy jamoa asosida faoliyat yuritadi. Masalan, «Youth Councils» (Yoshlar Kengashlari) va «Community Leaders» (Jamoa yetakchilari) orqali yoshlar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan.
Buyuk Britaniya aynan yoshlar yetakchisi lavozimi bo‘lmasada, «Youth Worker» va «Community Youth Leader» lavozimlari mavjud. Bu lavozimdagi xodimlar yoshlar muammolarini o‘rganadi va ularni hal qilishga o‘z vakolati doirasida yordam beradi.
Hindiston siyosatida yoshlar bilan ishlovchi «Youth Club Leaders» va «Village Youth Leaders» kabi faoliyat mavjud bo‘lib, ular asosan yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, tadbirlarni tashkil qilish va ularning rivojlanishiga ko‘maklashishga yordam beradi.
Janubiy Koreya jamiyatida «Youth Leader» maqomi mavjud bo‘lib, mahalliy jamoalarda yoshlar manfaatini qo‘llab-quvvatlaydi.