Rosstat ma’lumotlari asosida FinExpertiza tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, yosh oilalarning oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlari 80 foizga oshgan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, bugungi kunda yoshlar uy sharoitida kamdan kam taom tayyorlab, qimmat bo’lgan sog’lom ovqatni afzal ko’rishmoqda.
K. Seleznyova, shifokor-diyetolog: “Yoshlarda ushbu xarajatlarining ortishi ularni ovqatlanishga nisbatan munosabatining o’zgarishi bilan bog’liq. Oldin insonlar o’z ratsionini faqat sog’ligida muammolar paydo bo’lganida nazorat qilishni boshlagan bo’lsa, hozirgi yoshlar sifatli mahsulot tanlash va to’g’ri ovqatlanishni xush ko’radi. Buning yana bir sababi, yoshlarning uyda taom tayyorlamasdan, tayyor ovqat yetkazib berish xizmatlaridan foydalanishlaridir”.

Fikr bildirish