Joriy yilning 10-dekabr kuni dotsent Charos Mirholiqovaning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida navbatdagi ilmiy-ma’rifiy maqolasi chop etildi. Mazkur maqolada muallif bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri bo‘lgan “Yoshlar va sun’iy intellekt” masalasini pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida atroflicha tahlil qilgan.

Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining yoshlar tafakkuri, ta’lim jarayoni, kasbiy yo‘nalishi hamda shaxsiy rivojiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Muallif yoshlarning raqamli muhitda ongli va mas’uliyatli faoliyat yuritishi, tanqidiy fikrlashni shakllantirish hamda sun’iy intellektdan samarali va xavfsiz foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, ta’lim tizimida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanish orqali yoshlar salohiyatini yanada rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha muhim xulosalar ilgari surilgan.

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti jamoasi jamiyat taraqqiyoti, yosh avlodning intellektual va ma’naviy rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, ilmiy va amaliy faoliyati bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bunday professional mutaxassislar bilan bir safda ishlayotganidan faxrlanadi!»
