Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yoshlar ishlari bo’yicha kengash tuzilishi to’g’risidagi farmonni imzoladi.
Kengash yoshlar salohiyatini rivojlantirishga ko’maklashish, ularni jamiyat hayotida va yoshlar siyosatida qarorlar qabul qilishda faol ishtirokini taminlash maqsadida tashkil etilgan. Shunindek, Kengash vazifalaridan biri yoshlar infratuzilmasini rivojlantirishga ko’maklashish hisoblanadi.
Kengash davlat rahbari huzurida maslahat organi sifatida ish faoliyatini yuritadi. Yangi organ tarkibiga yoshlar harakatlari va tashkilotlari yetakchilari, sportchilar, yoshlar ijtimoiy tashabbuslari asoschilari va madaniyat arboblari jalb etilishi rejalashtirilmoqda.