2019-yilning 30-aprel kuni Yaponiyaning Nagoya va Aiti Bugkyo universitetidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida “Yoshlar siyosati va ta’lim sohasida hamkorlik masalalari: O‘zbekiston va Yaponiya muloqoti” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Uchrashuv davomida ikki ta’lim muassasalarining faoliyati haqidagi taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. “Yaponiyada yoshlar muammolari kattalar tomonidan o‘rganiladi, institutingiz tajribasida meni qiziqtirgan jarayon esa, muammolar yoshlar tomonidan tadqiq etilishi va ularni bartaraf etish bo‘yicha yechim ham yosh olim va mutuxassislar tomonidan amalga oshirilishi bo‘ldi”, deydi Nagoya universiteti Pedagogika va inson resurslarini rivojlantirish fakulteti professori Sakamoto Masanorbu. Shuni ta’kidlash joizki, Yaponiya universiteti professorlari tomonidan institutning faoliyati ijobiy baholandi va kelajakdagi hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.

 

Fikr bildirish