O‘zbekistonga “MDH davlatlarida yoshlar siyosatini rivojlantirish dasturlari” doirasida Rossiya delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tadbir MDHga a’zo davlatlarning Yoshlar ishlari bo‘yicha kengashi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Tadbir Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi hamda MIREA – Rossiya texnologik universiteti hamkorligida o‘tkazildi.

 

 

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti faoliyati taqdim etildi. Delegatsiya a’zolari yoshlar markazlari faoliyati, amaldagi dasturlar va yoshlar bilan ishlash amaliyotlari bilan tanishdi.

 

 

 

 

Dastur doirasida yoshlar bilan ishlash sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan taqdimotlar, nazariy bloklar va workshop’lar, shuningdek, tomonlar o‘rtasida professional tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Fikr bildirish