Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko’ra, 2020 yilga kelib Hindiston emigrantlar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallagan. Ulardan 17,9 mln nafari yoki 6,4 foizini xalqaro migrantlar tashkil etgan. Bugungi kunda Hind emigrantlarining yarmidan ko’pi Fors ko’rfazi davlatlarida, taxminan 5 foizi Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi.
Hozirda iqtisodiy rivojlanishining innovatsion xususiyatini namoyish etayotgan Hindiston bundan o’ttiz yil oldin ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari hamda universitet professor-o’qituvchilarining maoshlarini AQSh darajasiga ko’tarishi natijasida, yoshlarning xorijiy davlatlarga ketishi sezilarli kamaygan.