Yangi o’quv yili boshidan Rossiyada «Pushkinskaya karta» dasturi joriy etiladi. 14 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan fuqarolarga balansida 3000 rubl bo’lgan plastik kartalar beriladi. Ushbu mablag’lar yoshlarni madaniy tadbirlarga – teatrlarga, muzeylarga, konsertlarga va kutubxonalarga tashrif buyurishlari uchun taqdim etiladi.
Mazkur tadbir Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, mamlakat yoshlarini madaniy hordiq chiqarishlariga qaratilgan.