Joylarda mutahassislarni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va kitoblar bilan taʼminlash maqsadida Uslubiy taminotni muvofiqlashtirish bo‘limi va Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan, professor-o‘qituvchilarni hamkorligida, grant loyihasida ishtirok etish uchun ariza topshirildi. Jumladan, quyidagi mavzularda kitob va qoʻllanmalar ishlab chiqish konsepsiyasi taklif etildi:
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;
- odam savdosidan jabrlanganlarning ruhiy holatini psixodiagnostikasi;
- zamonaviy yetakchilarning emotsional intellekti;
- deviant xulq-atvor bilan ishlash.