Joriy yilning 22 dekabr kuni bo’lib o’tgan “Trevel forum – 2021” doirasida yoshlar turizmini rivojlantirishga qaratilgan “Больше, чем путешествие” loyihasining 2021 yildagi faoliyati Rossiya Federatsiyasi Yoshlar ishlari agentligi, Turizm agentligi hamda Ilm-fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan muhokama etilib, 2022 yilda loyiha doirasida “Больше, чем работа” yoshlar dasturini amalga oshirish g’oyasi ilgari surildi.
Ushbu dastur yoshlarga, mamlakat bo’ylab sayohat qilish bilan bir vaqtning o’zida, korxona va tashkilotlarda malaka oshirish, mutaxassislik bo’yicha munosib ish topish hamda zarur bilim va ko’nikmalar orttirish imkonini beradi.
Shuningdek, dastur bilan mamlakat hududlari yoshlari o’rtasida volotyorlikni yanada rivojlantirish, yoshlar masalalarida davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish kabi vazifalarni qamrab olish nazarda tutilgan.